Shahnoz, Shunchalar Feat Rayhon: We need your help!

  • I can comment on it

  • I know the meaning

  • I can review it

  • I can translate it

Skip to video »
Genre not found
Artist not found
Album not found
Song not found
Shunchalar Feat Rayhon
by Shahnoz

G'amxo'r bo'lolmading sen menga,
Do'st ham bo'lolmading sen menga,
Sevgilim deb seni eslasam,
Yodimda qolgani – dard-alam.

Bilsang sen uchun yashardim,
Bag'ishladim senga jonimni,
Ne bo'lsa ham, jonim, ishonardim,
Sen eding hayotim mazmuni.

Shunchalar ham yiroqmiding,
Dardimni hech bilomading,
Sen faqat o'zingni o'ylaysan,
Nahot shunday yashab o'tasan?

Qalbingga yo'l topolmadim,
Sevgingga erisholmadim,
Sen faqat o'zingni sevasan,
Nahot shunday yashab o'tasan?

Ololmadim javob so'zlarimga,
Qarolmadi ko'zing ko'zlarimga,
Achchiq bo'lsa hamki, so'zlarim rost,
Hech narsa anglatmas sevgim senga.

Men o'ylagan sevgi bunday emas,
Men orzu qilganim sen emas,
Yo sen xohlaganday bo'lolmadim,
Yo qalbing sevishga qodir emas.

Shunchalar ham yiroqmiding,
Dardimni hech bilomading,
Sen faqat o'zingni o'ylaysan,
Nahot shunday yashab o'tasan?

Contributed by Samuel S. Suggest a correction in the comments below.
To comment on specific lyrics, highlight them

More Videos